UNODC vakili bilan uchrashuv

juma 29 mart 2019
TDYUda Birlashgan Millatlar Tashkilotining jinoyatlarni oldini olish va jinoiy sudlov dasturi kordinatori Bianca Kopp bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

2019-yil 27-mart kuni TDYU prorektori N.Salaye va BMTning jinoyatlarni oldini olish va jinoiy sudlov dasturi kordinatori bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar o'quv-uslubiy materiallarni birgalikda tayyorlash, jumladan terrorizmning oldini olish, korrupsiyaga va kiber jinoyatlarga qarshi kurash universitet modullarini yaratish bo'yicha tashkiliy masalalarni muhokama qildilar. 

Tadbir yakunida Tomonlar samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.