Universitet doktorantlari Tojikistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi

shanba 01 iyun 2019

2019 yilning 30-31 may kunlari Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitetida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida hamkorlik: bugun va kelajak” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya o‘tkazildi.

Mazkur konferensiyada Toshkent davlat yuridik universiteti doktorantlari Ismoilov Shuhrat Abdusaminovich va Rahmonov Otabek Qo‘chqor o‘g‘li o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Xususan, doktorant Sh.Ismoilov “Markaziy Osiyo mamlakatlari mehnat qonunchiligini modernizatsiya qilish va liberallashtirish (O‘zbekiston tajribasi misolida)” mavzusidagi ma’ruzasida anjuman ishtirokchilariga tadqiqot mavzusi yuzasidan olgan eng muhim natijalarini taqdim etdi hamda hudud mamlakatlari mehnat qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan tavsiya va takliflarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, doktorant va Universitet Yosh olimlar kengashi kotibi O.Rahmonov “Reorganization and liquidation of joint-stock companies in the Republic of Uzbekistan” mavzusidagi ma’ruzasida konferensiya ishtirokchilariga tadqiqot mavzusi yuzasidan taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.