Turkiya Respublikasi universiteti bilan hamkorlik

payshanba 09 janvar 2020

2020-yil 8-yanvar kuni Adliya vaziri o`rinbosari - Toshkent davlat yuridik universiteti rektori R.Hakimov hamda Yildirim Boyazid nomidagi Anqara universiteti rektori I.Aydinli va prorektor A.Kutluxan o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Ushbu uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalarini muhokama qilishdi. Tomonlar talabalar va o'qituvchilarning akademik almashinuv dasturlarini, shuningdek ikki darajali diplom berish dasturlarini amalga oshirishga kelishib oldilar. Ayniqsa, ikki universitet rektorlari tibbiyot va tijorat huquqi, xalqaro arbitraj huquqi bo`yicha  hamkorlikka alohida e’tibor berish masalasida fikrlar almashdilar.