Toshkent harbiy sudi va prokuraturasi tomonidan TDYU talabalari uchun master-klass oʻtkazildi

seshanba 10 mart 2020

Oʼzbekiston Respublikasi Harbiy sudi malaka hayʼati aʼzosi M.Murodov, Toshkent harbiy sudining raisi А.Sattarov hamda Toshkent harbiy prokuraturasi prokurorning katta uordamchisi Sh.Xayitovlar tomonidan “Jinoiy-huquqiy faoliyat” soha mutaxassisligi 3-kurs rus-potok 3-guruh va “Fukarolik-huquqiy faoliyati” soha mutaxassisligi 2-kurs 2-guruh talabalariga “Oʼzbekiston Respublikasi harbiy sudlar tuzilmasi, faoliyati va boshqa sudlardan farqligi” mavzusida universitetning sud majlislari zalida “master-klass” oʻtkazildi.

“Master-klass” juda qiziqarli va mazmunli oʼtib, M.Murodov, А.Sattorov va Sh.Xayitovlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudlar qanday jinoyat ishlarini koʻrishi va jinoyat ishlarini koʻrib chiqilishi tartib qoidalarini amaliy misollar asosida tushuntirib berildi.

“Master-klass»” yakunida talabalar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.