Toshkent davlat yuridik universitetining xorijiy universitetlar bilan aloqalari kengaymoqda

payshanba 05 iyul 2018
Toshkent davlat yuridik universiteti va Buyuk Britaniya Huquq universiteti o‘zaro hamkorlikni o‘rnatish masalalarini muhokama qildilar

2018-yil 4-5-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Y.Kanyazov Buyuk Britaniya Huquq universiteti vakillari Xalqaro rivojlanish bo‘yicha prorektor Vassilis Konstantinou va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor Tatyana Rizopoulou bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

Uchrashuv davomida Toshkent davlat yuridik universiteti va Buyuk Britaniya Huquq universiteti o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.