Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali tomonidan o‘tkazilgan qayta tayyorlashning bir martalik sayyor kursiga tanlov natijalari

payshanba 28 mart 2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevraldagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4166-son qaroriga asosan Jizzax politexnika instituti negizida Jizzax viloyati ichki ishlar organlarining oliy noyuridik ma’lumotga ega bo‘lgan xodimlarini “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” ixtisosligi bo‘yicha qayta tayyorlashning bir martalik sayyor kurslarida o‘qitish belgilab berildi.

Joriy yilning 25-26 mart kunlari “huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash” ixtisosligi bo‘yicha qayta tayyorlashning bir martalik sayyor kursiga tanlov tashkil etildi.

Tanlov suhbat shaklida o‘tkazilib, Jizzax viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tavsiya etilgan 216 nafar oliy noyuridik ma’lumotga ega talabgorlar orasidan 50 nafar profilaktika (katta) inspektori ishdan ajralgan holda qayta tayyorlash kursida o‘qish uchun tanlab olindi.

Qayta tayyorlashning bir martalik sayyor kursida o‘qish kunduzgi ta’lim shaklida maxsus olti oylik dastur bo‘yicha 2019 yilning aprel-sentabr oylarida tashkil etiladi.