Toshkent davlat yuridik universitetida xalqaro davra suhbati o’tkazildi

chorshanba 30 dekabr 2020

Toshkent davlat yuridik universitetida 2020-yil 30-dekabr kuni M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston davlat universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi: muammo va yechimlar” mavzusidagi davra suhbati bo’lib o’tdi.

Mehnat huquqi kafedrasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog’iston davlat universiteti, O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Toshkent viloyati yuridik texnikumi professor-o’qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, Mehnat huquqi himoyachisi va HR bilimdoni to’garaklari a’zolari ishtirok etdi. Ilmiy tadbirda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat Kodeksi normalari va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi loyihasi muhokama qilindi. Davra suhbati yakunida fikr-mulohazalar umumlashtirilib amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqildi.