Toshkent davlat yuridik universiteti delegatsiyasining Moskvaga tashrifi

juma 08 noyabr 2019
Rossiya universitetlari bilan hamkorlik

Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro aloqalar bo'limidan olingan ma'lumotga ko'ra, 2019-yil 7-9 noyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o'rinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Rahimjon Hakimov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo'lib turibdi.

7-noyabr kunining dastlabki yarmida S.Griboyedov nomidagi Xalqaro huquq va iqtisodiyot instituti rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Shuningdek, ikki universitet o'rtasidagi hamkorlik shartnomasini imzolash marosimi o`tkazildi. Ushbu shartnomaga muvofiq talabalar va o'qituvchilar almashinuvi, Markaziy Osiyo jurnalining qo'shma nashrini chop etish va tadqiqotlar olib borishga kelishildi.

Kunning ikkinchi yarmida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo'jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Muzokaralar natijalariga ko'ra tomonlar davlat xizmatida magistr darajasida qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish, o'qituvchilar va talabalar almashish, shuningdek qo'shma tadqiqotlar o'tkazishga kelishib oldilar.