TDYUda Yapon huquqini tadqiq qilish markazi bitiruvchilarining bitiruv marosimi o‘tkazildi

juma 20 iyul 2018
Toshkent davlat yuridik universitetida Yapon tili va huquqini tadqiq qilish markazi bitiruvchi talabalari uchun bitiruv marosimi tashkil etildi

2018-yil 18-iyul kuni Toshkent davlat yuridik universitetida Yapon tili va huquqini tadqiq qilish markazi bitiruvchi talabalari uchun bitiruv marosimi o‘tkazildi.

Bitiruv marosimida Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Nobuaki Ito, Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi, O‘zbekiston-Yaponiya Markazi, O‘zbekistondagi Yaponiya Klubi, Nagoya Universitetining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida Yaponiyaning Nagoya universiteti professorlari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.

Bitiruv marosimi so‘ngida Yapon tili va huquqini tadqiq qilish markazi bitiruvchi talabalariga sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.