TDYUda xorijlik doktorant stajirovka o‘tadi

chorshanba 11 iyul 2018
Toshkent davlat yuridik universitetida Qozog‘istonning Kaspiy jamoatchilik universiteti doktoranti Indira Mirzamuxamedova uchun stajirovka tashkil etildi

2018-yil 25-iyundan 9-iyulga qadar Kaspiy jamoatchilik universiteti doktoranti Indira Mirzamuxamedova Toshkent davlat yuridik uneversitetida stajirovka o‘tadi. I. Mirzamuxamedova yuridik fanlar doktori N.Salayev rahbarligida stajirovka jarayonida “Bankrotlik qonun hujjatlarining buzilishi: jinoiy huquqiy va kriminalogik muammolar” mavzusi bo‘yicha TDYU Axborat-resurs markazi ilmiy fondidan foydalandi va universitetning mazkur sohada yetakchi professor o‘qituvchilaridan mavzuga oid tegishli ma’lumotlar va ko‘rsatmalar oldi.

Bundan tashqari, doktorant o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi va prokuraturasida qisqa muddatli amaliyot o‘tab tegishli materiallar bilan tanishdi.

Stajirovka so‘ngida Indira Mirzamuxamedovaga stajirovka o‘taganligi to‘g‘risida sertifikat topshirildi.