TDYU xodimlarining Germaniyaga safari

chorshanba 04 mart 2020

Universitetning “Fuqarolik huquqi” kafedrasi professori M.X.Baratov va “Biznes huquqi” kafedrasi dotsenti I.Toʼraboyevlar 2020-yilning 16-fevral – 2-mart kunlari Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) tashabbusi bilan Vismar Sharqiy instituti (Germaniya)da oʼtkazilgan “Germaniyada yuridik metodologiya va oʼqitish metodikasi” kasbiy malaka dasturi doirasidagi kursda ishtirok etdilar.

Unda “Huquq nazariyasi muammolari”, “Yuridik fanlarni oʼqitish metodikasi muammolari”, “Fuqarolik va fuqarolik protsessual huquqi muammolari”, “Konstitutsiyaviy huquq muammolari”, “Maʼmuriy tartib-taomillar va maʼmuriy protsess muammolari”, “Jinoyat va jinoyat protsesssual huquqi muammolari”ga doir mashgʼulotlar oʼtkazildi.

Dastur doirasida kazuslar bilan ishlash, sud amaliyoti (Vismar shahar jinoyat sudi) oʼrganildi.

Safar doirasida “Sovet Ittifoqining merosxoʼr davlatlaridagi huquqiy rivojlanish istiqbollari” mavzusiga bagʼishlangan xalqaro davra suhbatida ishtirok etildi.

Yakunda TDYU xodimlariga sertifikatlar topshirildi.