Sud amaliyoti

seshanba 05 noyabr 2019
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sayyor dars

2019-yil 5-noyabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi o’qituvchisi R.Abdullayev tomonidan universitetning 3-kurs talabalari ishtirokida Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida jinoyat-protsessual huquqi modulidan “Hukm, ajrim va qarorlarning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirishning umumiy shartlari” mavzusida sayyor dars tashkil etildi.



Talabalar Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sud’yalari A.Jalilov va E.Turg’unboyevlar tomonidan o‘tkazilgan sayyor darsda ishtirok etib, mavzu bo‘yicha kerakli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.


Sayyor dars yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.