Soliq qonunchiligini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama etildi

seshanba 23 may 2017
Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida soliq qonunchiligini takomillashtirishning dolzarb masalalari

2017 yil 20 may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida soliq qonunchiligini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi vakillari, Toshkent shahar xo‘jalik sudi sudyalari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Oliy o‘quv kurslari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining soliq akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Oliy harbiy bojxona instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, soha mutaxassislari, universitet pedagog-xodimlari ishtirok etdi.

Konferensiyada soliq qonunchiligini takomillashtirishning huquqiy asoslarini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama etildi.