Regensburg universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

juma 29 mart 2019
Regensburg universiteti professori Gerrit Manzen bilan uchrashuv

2019-yil 26-mart kuni adliya vazirining o'rinbosari – TDYU rektori Y.Kanyazov bilan Regensburg universiteti huquqshunoslik fakulteti professori Gerrit Manzen va Manuchexr Kudratov o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) ko'magida universitetda Germaniya huquq markazini tashkil etish imkoniyati muhokama qilindi.

Tadbir yakunida tomonlar samarali hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.