Qadring baland bo'lsin, Ona tilim!

chorshanba 21 oktabr 2020
Toshkent davlat yuridik universitetida 21-oktabr O'zbek tili bayrami hamda O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi bayrami hamohangligida 1-kurs talabalikka tavsiya etilgan yoshlarni qutlashga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi

Bayram tadbirini avvalida universitet talabalari davlat madhiyasi jonli tarzda ijro etdilar.

Bayram tadbirida universitet rektori Rahimjon Hakimov so'zga chiqib ishtirokchilarni O'zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbot etdi.

Shu bilan birga mazkur yilda talabalik baxtiga erishgan yoshlarni va ularning ota-onalarini yana bir bor qutladi.

Mamlakatimizda ta'lim tizimni isloh qilish, yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida ma'lumot berib. Talabalarga chuqur bilim olish, o'qish izlanish, kamolot cho'qillarini munosib zabd etishlarini tiladi.

"...Ishonamizki, Siz kabi ilmga tashna, fidoyi yoshlari bilan dono va mehnatkash xalqimiz Yurtboshimiz daʼvat etayotgan uchinchi Renessans marrasiga, albatta, yetishajak!" - deb ta'kidladi Rahimjon Hakimov.

Bayram tadbiri davomida 1-kursga tavsiya etilgan talabalar tomonidan tayyorlangan she'riy va sahnaviy, kuy-qo'shiqlarga boy bayram dasturi yig'ilganlarga xush kayfiyat bag'ishladi.

Marosimda universitet professor-o'qituvchilari, talabalarning ota-onalari so'zga chiqib, talabalarga tabrik yo'llashdi.

Mazkur o'quv yilida universitetga hujjat topshirib eng yuqori ball to'plagan bir qator yoshlarga universitet jamoasining tabrigi va sovg'alari topshirildi.

Tadbir so'ngida talabalar tantanali qasamyod qabul qildilar.