“PROCEDURE” ilmiy to’garagi

juma 08 noyabr 2019
“PROCEDURE” ilmiy to’garak yig’ilishi

2019-yil 8-noyabr kuni Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi o’qituvchilari M.Kadirova va Q.Rozimovalar tomonidan universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida “PROCEDURE” ilmiy to’garagi yig’ilishi o’tkazildi.

Yig’ilishda talabalarga O’zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalari to’g’risida hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida o’tkaziladigan respublika fan olimpiadalari tizimini takomillashtirish to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi to’g’risida maʼlumotlar berildi.

Ilmiy to’garak yig’ilishi yakunida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.