Pekin universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

payshanba 02 may 2019
Pekin universiteti Xalqaro strategiya akademiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2019-yil 30-aprel kuni adliya vazirining o'rinbosari – TDYU rektori Y.Kanyazov bilan Xitoyning Pekin universiteti Xalqaro strategiya akademiyasi ijrochi direktor o'rinbosari Guan Guyhay boshchiligidagi delegatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida TDYU va Pekin universiteti o'rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.