O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida konferensiya

juma 10 may 2019
Ta'limning dolzarb muammolari va rahbar kadrlarni tayyorlashda xorijiy tilning ahamiyati borasida qizg'in muhokama bo'lib o'tdi

2019 yil 10 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat Boshqaruvi Akademiyasida "Boshqaruvga yo'naltirilgan xorijiy tilni o'rganishda kompetentsiyaviy yondashuv" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi bo'lib o'tdi. KOnferentsyaiyaning asosiy maqsadi ta'limning dolzarb muammolari, zamonaviy kompetentsiyalardan mohirona foydalanish, shuningdek, uning rahbar va boshqaruv kadrlari faoliyatida foydalanish uslublarining istiqboldagi asosiy vazifalarni belgilashdan iborat bo'ldi. Konferentsiyada Toshkentdagi Britaniya Kengashi direktori o'rinbosari Jamilya Gulyamova, Britaniya Kengashi ingliz tili loyihalari rahbari Irgasheva Saida va ko'plab respublikamizning professor-o'qituvchilari, tadqiqotchilar, doktorantlar va akademiya tinglovchilari ishtirok etishdi. Unda global kompetentsiyalarni rivojlantirishda xorijiy tillarni o'qitishning ilg'or tajribalari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, rahbar kadrlar faoliyatida ingliz tilining o'rni va ahamiyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Til o'rgatish kafedrasi o'qituvchisi Xaydarova Umida ushbu konferentsiyada o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi.