Onlayn mahorat darsi o’tkazildi

payshanba 29 oktabr 2020

2020 yil 29 oktyabr kuni Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi tomonidan Shayxontohur tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda 3 kurs talabalariga “Fuqarolik protsessual huquqi” moduli doirasida “FUQAROLIK PROTSESSIDA PROKUROR ISHTIROKI” mavzusida Zoom platformasi orqali onlayn mahorat darsi o’tkazildi.

Mahorat darsida Toshkent shahar Shayxontohur tuman prokurori o’rinbosari Gulrux Salimova ishtirok etdi.

Mahorat darsida mutaxassis tomonidan talabalarga fuqarolik protsessida prokuror ishtirokining nazariy va amaliy  jihatlari tushuntirildi, ularni qiziqtirgan savollarga  javob berildi.