Nagoya universiteti bilan hamkorlikda onlayn trening o`tkazildi

juma 08 may 2020

2020-yil 8-may kuni Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan Yaponiyaning Nagoya universiteti bilan hamkorlikda “Qiyosiy-huquqiy tadqiqot, huquqiy akademik yozuv va ilmiy maqolalarni yuqori impakt faktorli nashrlarda chop etish” mavzusida onlayn trening tashkil etildi.

Ushbu treningda TDYU professor-o`qituvchilari va doktorantlari hamda Nagoya universiteti professori Pol Ledj va ushbu universitet dotsenti Aziz Ismatov ishtirok etdi.

Zoom dasturi orqali o`tkazilgan treningda ilmiy tadqiqot olib borish metodlarini takomillashtirish, ilmiy maqolalar sifatini oshirish, ularni xalqaro tan olingan nashrlarda chop etishning muhim jihatlari, yuridik texnika qoidalari va shu kabi masalalar muhokama etildi.

Trening yakunida tadbir ishtirokchilari o’rtasida munozara o’tkazildi.