Nagoya universiteti bilan hamkorlik kengaymoqda

juma 29 may 2020

2020-yil 29-may kuni O`zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan Toshkent davlat yuridik universiteti, Nagoya universitetining O`zbekistondagi vakolatxonasi hamda Toshkent davlat texnika universiteti o`rtasida onlayn uchrashuv bo`lim o`tdi.

Uchrashuvda tomonlar o`rtasida ta’lim sohasidagi mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirish, ayni paytga qadar erishilgan kelishuvlarni to`laqonli amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PF–5987-son Farmoni ijrosini ta’minlash uchun rejalashtirilayotgan ishlar bo`yicha fikr almashildi.

Tomonlar onlayn uchrashuvda o`zaro aloqalarni yanada rivojlantirish va belgilangan vazifalarni amalga oshirishda o`zaro yordam va qo`llab-quvvatlashga kelishib oldilar.