Mutaxassislar ishtirokida respublika davra suhbati bo'lib o'tdi

payshanba 30 aprel 2020
Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda sud-kompyuter ekspertizasining o'rni” nomli respublika davra suhbati o'tkazildi

2020 yilning 30 aprel kuni soat 10.00 da Zoom dasturi orqali O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymanova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi va boshqa tashkilot vakillari ishtirokida Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni aniqlash va tergov qilishda sud-kompyuter ekspertizasining o'rni” nomli republika davra suhbati bo'lib o'tdi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar sud kompyuter-texnikaviy ekspertizasi tushunchasi, uning obyekti, predmeti va vazifalari, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishda sud-kompyuter ekspertizasining o’rni, dalil sifatida kompyuter ma’lumotlarini tekshirishda mahsus bilimlardan foydalanishning taktik masalalari, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilishda prokuror nazoratini amalga oshirish masalalari haqida muhokama yuritdilar.

Tadbir davomida o’zaro fikr almashuvlar bo’lib o’tdi, natijada axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish jarayonini takomillashtirish bo’yicha qator tavsiyalar ishlab chiqildi.