Mashg‘ulotda huquq shakllari haqida ma’lumot berildi

juma 05 mart 2021

TDYU “Davlat va huquq nazariyasi” kafedrasi tashabbusi bilan “An’anaviy va noan’anaviy huquq shakllari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan mashg‘ulotni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi professori, yuridik fanlari doktori Svetlana Boshno olib bordi.

Dars davomida talabalarga an’anaviy va noan’anaviy huquq shakllari va manbalari, huquqning doktrinal shakli: tarkibi va imkoniyatlari xususida ma’lumot berildi.

Shuningdek, mutaxassis Pensilvaniya Universiteti huquq maktabidagi o‘zining izlanishlari va taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.