Magistrlik dissertasiyalarining dastlabki himoyasi bo‘lib o‘tdi

chorshanba 03 iyun 2020

25-29 may kunlari TDYuU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori raisligida, tegishli kafedra mudirlari va Magistratura bo‘limi boshlig‘i ishtirokida 12 ta mutaxassislik kafedralariga biriktirilgan magistratura talabalari tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertasiyalarining dastlabki himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlabki himoyada:

har bir magistratura talabalari tomonidan tayyorlangan magistrlik dissertasiyalari va ularning mazmuni birma-bir ko‘rib chiqildi;

magistrlik dissertasiyalarining belgilangan talablarga mosligi, plagiat holatlari mavjud emasligi, bildirilgan taklif va tavsiyalar asoslantirilganligiga asosiy e'tibor qaratildi.

Dastlabki himoya yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchilik va tushunmovchiliklarni bartaraf etish maqsadida Magistratura bo‘limi tomonidan dissertasiyaini rasmiylashtirish va videorolikni tayyorlash bo‘yicha tavsiyaviy ko‘rsatmalar ishlab chiqildi va kafedralarga hamda magistratura talabalariga taqdim etildi.

Barcha magistratura talabalari rasmiy himoyaga tayyor.