Konferensiya

juma 22 may 2020
“Ekologiya va qonun”

2020 yil 19 may kuni Ekologiya va agrar huquqi kafedrasi  “Huquqshunos ekologlar” ilmiy to‘garagi a’zolari tomonidan tashkil etilgan “Ekologiya va qonun” mavzusidagi talabalar va magistrlar konferensiyasi o‘tkazildi. Konferensiya doirasida ekologiya, energetika, yer va agrar huquqining dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari yosh tadqiqotchilar nigohida talqin etildi.