Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan sayyor sud majlisi o'tkazildi

juma 29 noyabr 2019
Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi o’qituvchisi X.Mamatkulova tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti binosida Jinoyat ishlari bo’yicha Yunusobod tuman sudining sayyor sud majlisi tashkil etildi

Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida Jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tuman sudi bilan hamkorlikda universitetning “PROCEDURE” ilmiy to’garagi a’zolari uchun 2019 yilning 29 noyabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti binosida Jinoyat ishlari bo’yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi A.A. Shamahmudov tomonidan sayyor sud majlisi o'tkazildi (O’zR JKning 166-moddasining 2-qismi).

Sayyor sud majlisi yakunida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.