Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan sayyor dars o'tkazildi

payshanba 31 oktabr 2019
Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi o’qituvchisi X.Mamatkulova tomonidan Jinoyat ishlari bo’yicha Yunusobod tuman sudida “Taraflarning muzokarasi va sudlanuvchining oxirgi so’zi” mavzusida sayyor dars o'tkazildi

Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarning olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirish maqsadida Jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tuman sudi bilan hamkorlikda universitetning 3-kurs “Davlat-huquqiy faoliyat” 2-guruh (rus) talabalariga 2019 yilning 30 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo'yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi A.A. Shamahmudov tomonidan “Taraflarning muzokarasi va sudlanuvchining oxirgi so’zi” mavzusida sayyor dars mashg'uloti o'tkazildi.

Sudya A.A. Shamahmudov tomonidan jinoyat ishini sudda ko'rish protsessual tartibi, taraflarning muzokarasi, sud hukmi, uni chiqarish vaqtida sud hal qiladigan masalalar va chiqarish protsessual tartibi amaliy misollar asosida tushuntirib berildi. Shuningdek, talabalar 2 ta jinoyat ishida bevosita ishtirok etishdi: sudya Shamahmudov A.A. raisligida (O’zR JKning 168-moddasining tegishli qismlari bo’yicha).

Sayyor dars yakunida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.