Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan mutaxassis ishtirokida master klass darsi o'tkazildi

seshanba 19 may 2020
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Akademiyasi vakili ishtirokida “Xorij davlatlari hududida dalillarni to'plash va ulardan foydalanish” mavzusida master klass dars mashg'uloti o'tkazildi

Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi mudiri, yurudik fanlari doktori, professor Tuxtasheva Umida Abdilovna tomonidan 2020 yilning 19 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura akademiyasi boshlig’i o'rinbosari Uyg’un Nigmadjanov ishtirokida “Xorij davlatlari hududida dalillarni to'plash va ulardan foydalanish” mavzusida universitetning magistratura mutaxassisligi 5A240116 Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti yo'nalishi rus guruh magistrantlariga master klass dars mashg'uloti o'tkazildi.

Master klass darsi onlayn tarzda ZOOM dasturi orqali o'tkazilib magistrantlar dars mashg’uloti davomida o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.