Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi tomonidan “master-klass” darsi o‘tkazildi

seshanba 17 dekabr 2019
Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi o‘qituvchisi R.Abdullaev tomonidan “Jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik” mavzusida “master-klass” darsi tashkil etildi

2019-yilning 17-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika” kafedrasi o‘qituvchisi R.Abdullaev tomonidan 3-kurs “Fuqarolik-huquqiy faoliyat” soha mutaxassisligi rus potok 1 va 2-guruh talabalariga O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov Departamenti xodimi podpolkovnik S.Grishko ishtirokida “Jinoiy sud ishlarini yuritish sohasidagi xalqaro hamkorlik” mavzusida “master-klass” darsi tashkil etildi.

O‘tkazilgan “master-klass” dars mashg‘uloti juda qiziqarli va mazmunli bo‘lib,
S.Grishko tomonidan surishtiruv va dastlabki tergov organlarining xorijiy davlatlar vakolatli organlari bilan o‘zaro hamkorligining tartibi va asosiy qoidalari amaliy misollar asosida tushuntirib berildi.

“Master-klass” yakunida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.