Jinoyat protsessidа аdvokаtning mаqomini qаndаy oshirish zаrur

payshanba 05 mart 2020

“Jinoyat protsessida advokat: yangi yondashuv” mavzusida xalqaro davra suhbati oʻz ishini muvaffaqiyatli yakunladi. Tadbirda kirish soʻzi bilan adliya vaziri oʻrinbosari – TDYU rektori Raxim Xakimov va BMT giyohvandlik va jinoyatlar boshqarmasining xalqaro koordinatori Kun Markvering ishtirok etishdi.

Bir qator ekspertlar advokatning jinoyat protsessida ishtiroki bilan bogʼliq muammolarni koʻrsatishdi hamda ularni yechish yoʻllari haqida aytib oʻtdilar. Mutaxassislar qatorida:

S.Аzimov – Bosh prokuratura vakili;

А.Sharafutdinov – IIV Аkademiyasi kafedra boshligʼi;

D.Turdaliev – Аdvokatlar Palatasi Boshqaruvi aʼzosi;

D.Mirazov – Milliy gvardiya Harbiy-texnika instituti kafedra boshligʼi;

R.Toshboev – Jinoyat ishlari boʼyicha Toshkent viloyat sudi sudyasi;

А.Xolterxof – BMT giyohvandlik va jinoyatlar boshqarmasining xodimi;

G.Klemenchich – “Mintaqaviy dialog” xalqaro tashkilotining eksperti.

Taklif va tavsiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi yangi tahririni ishlab chiqishda inobatga olinadi.

Tadbir tashkilotchilari – BMTning giyohvandlik va jinoyatlar boshqarmasi hamda TDYU Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi.