Ingliz tilida ko’rgazmali sud ishi jarayoni

chorshanba 10 may 2017
Universitet talabalari ishtirokida ingliz tilida o`tkazilgan ko’rgazmali sud ishi jarayoni

Toshkent davlat yuridik universitetida 2017-yil 5-may kuni “Til o`rgatish markazi” kafedrasi o`qituvchilari U.Xaydarova va D.Zoyirovalar tomonidan ingliz tilida sud ishi jarayoni darsi 1 va 3-kurs talabalari ishtirokida tashkillashtirildi. Unda “Jinoyat huquqi” yo`nalishi bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-98 moddalariga asoslangan jinoyat ishi sahnalashtirildi. Ushbu rolli o`yinda quyidagi talabalar ishtirok etdilar:

  1. Raislik qiluvchi: Nosirova Zulayho (3-kurs talabasi);
  2. Advokat: Karimov Yashin (3-kurs talabasi);
  3. Prokuror: Sarimsoqov Bahodir (3-kurs talabasi);
  4. Sud kotibi:Abdug`aniyev Mirjalol (3-kurs talabasi);
  5. Xalq maslahatchilari: Raximov Maxshar, Samaraxonov Xuseyin (1-kurs talabalari);
  6. Guvohlar: Abduraimov Muhammad va Tuychiyeva Shaxzoda (1-kurs talabalari);
  7. Jabrlanuvchi: Mamayusupov Oyatbek (1-kurs talabasi);
  8. Sudlanuvchi: Xudoyqulov Nodirbek (1-kurs talabasi).

Ushbu amaliy mashg`ulotni tashkillashtirishda universitetning “Jinoyat-protsessual huquqi” va “Sud va HMQO” kafedralari o`qituvchilari Matmurotov Alibek, Salayev Nodirbek, Mahkamov Otabek va boshqa o`qituvchilar amaliy yordam ko`rsatishdi.

Mazkur ko`rgazmali sud jarayoni Adliya vaziri o’rinbosari-universitet rektori Y.S.Kanyazov va o`quv ishlari bo`yicha prorektori M.M.Kamalov va boshqa universitet professor o`qituvchilari tomonidan ijobiy baholandi. Amaliy mashgulot so`ngida universitet rahbariyati tomonidan kelgusida mavjud kamchiliklarni bartaraf qilgan holda bu turdagi amaliy mashg`ulotlarni yanada ko`proq tashkillashtirilishi taklif qilindi.