Ilmiy seminar

chorshanba 27 mart 2019
Adliya vazirligi xodimlari, ilmiy va ekspert doira vakillari va keng jamoatchilik ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2018-yil 25-dekabrdagi qo`shma qarori bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar rejasining 3-bandida yuridik fanlar bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning tadqiqot ishlari natijasi, ilgari surgan takliflari bo`yicha Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universitetida tizimli ilmiy seminarlar, muhokamalar tashkil etish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta`minlash maqsadida 2019-yil 26-mart kuni Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti Xudaybergenov Bexzod Baxtiyorovichning 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligi bo`yicha “Bankrotlik taomili sifatida sud sanatsiyasini takomillashtirish”mavzusidagi yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi ishiga bag`ishlangan ilmiy seminar bo`lib o`tadi. Unda Adliya vazirligi xodimlari, ilmiy va ekspert doira vakillari ishtirok etdi.