Ilmiy maktablar ochilishi

dushanba 22 fevral 2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–5987-son Farmonidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish borasidagi qiziqishlarini oshirish, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirish, ilm-fan va ta’limning uzviyligini ta’minlash, universitetning mamlakatimiz ilmiy hamjamiyatida munosib o‘ringa ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida Kafedralarda Ilimiy maktablar tashkil etilgan.

Shundan kelib chiqib, 2021 yil 19 fevral kuni Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasining Ilmiy maktablari asoschilari professor yu.f.d. R.A.Zufarov, prof, yu.f.d. N.S.Salaev, prof.v.b., yu.f.d. M.Q.O‘razaliev, dotsent v.b., yu.f.d. X.M.Abzalova va prof v.b., yu.f.d.  S.S.Niyozovalar  o‘zlarining Ilmiy maktablari haqida ma’lumot berdilar.

Kafedraning Ilmiy maktabi ochilishi qiziqarli va baxs-munozaralar asosida o‘tdi.