Huquqiy bilimlar sinaldi

chorshanba 17 may 2017
“Huquqshunoslik, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” fani bo`yicha respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi

15-16 may kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida “Huquqshunoslik, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” fani bo`yicha respublika fan olimpiadasining 2-bosqichi bo`lib o`tdi. Unda respublika bo`yicha tashrif  buyurgan 35 ta oliy ta’lim muassasalarining talabalari ishtirok etishdi.

Olimpiada ishtirokchilari ikki yo`nalish – mutaxassislik va nomutaxassislik yo`nalishlari bo`yicha taqsimlanib, kuch sinashishdi. Ishtirokchilar 4 shart bo`yicha – test, yozma topshiriq, taqdimot va savol-javob shartlari bo`yicha bellashishdi.  

Yakuniy natijalarga ko`ra, nomutaxassislik yo`nalishi bo`yicha Urganch davlat universiteti talabasi, mutaxassislik yo`nalishi bo`yicha IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti tinglovchisi birinchi o`ringa sazovor bo`ldi. Tadbir so`ngida g`oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.