G'afur G'ulom ko'krak nishoni munosiblarga topshirilmoqda

chorshanba 21 oktabr 2020
Xabaringiz bor, Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan "G'afur G'ulom nomidagi ko'krak nishoni" ta'sis etilgan edi

21-oktabr O'zbek tili bayrami hamda O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan G'afur G'ulom ijodini keng targ'ib qilish, universitet xodim va talabalari orasida kitob o'qishga, adabiyotga bo'lgan qiziqishni yanada oshirish boqasida faollik ko'rsatib kelayotgan xodimlar "G'afur G'ulom nomidagi ko'krak nishoni" bilan taqdirlandi.

Bugun universitetning Umumta'lim fanlar kafedrasi dosenti Qo'chqorov Rahmon O'rmonovichga ushbu ko'krak nishoni topshirildi.

Marosimda Rahmon O'rmonovich tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan ishlar e'tirof etildi.