FLTAL-2019: IX chi xalqaro konferentsiya – chet tillarni o'qitish va amaliy tilshunoslikning dolzarb masalalari

dushanba 06 may 2019
300 dan ortiq mutaxassislar bilan tajriba almashinuvi

2-3 mayda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filialida chet tillarni o'qitish va amaliy tilshunoslik sohasidagi dolzarb muammolar bo'yicha IX chi xalqaro konferentsiya o'tkazildi. Unga Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Yangi Zelandiya, Rossiya kabi ko'plab mamlakatlardan mutaxassislar tashrif buyurdilar.

Koreya Respublikasi xalqaro tadqiqotlar universiteti (KUIS - Korea University of International Studies, Seul), I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali va poytaxtimizdagi “ERIELL Prof Edukation” o'quv markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda chet tillarni o'qitish va amaliy tilshunoslikning dolzarbligi, tarjima muammolari, ko'ptillilikning muhim omillari kabi masalalar tahlil etildi.

An'anaviy tadbirga aylangan mazkur xalqaro anjuman O'zbekistonda birinchi bor o'tkazilayotgani katta e'tirofga loyiqdir. “FLTAL-2019” ishida 35 mamlakatdan til va madaniyatlararo ta'lim va tilshunoslik sohasida ekspert bo'lgan jami 300 nafardan ortiq yetakchi mutaxassis qatnashdi.

Til o'rgatish kafedrasi Xaydarova Umida o'z ma'ruzasi bilan qatnashib, xorijiy va mahalliy ekspertlar bilan tajriba almashdi hamda sertifikatga ega bo'ldi.