“Eng faol kitobxonlar” musobaqasi

payshanba 05 dekabr 2019
“Eng faol kitobxonlar” klubining dekabr oyi final bosqichi o‘tkazildi

2019-yil 4-dekabr kuni Universitet Axborot-resurs markazi oldidagi fayeda “Eng faol kitobxonlar” klubining dekabr oyi final bosqichi o‘tkazildi. Final bosqichida 8ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar 4ta shart bo‘yicha bahs olib borishdi. Yakunda 1-o‘rinni “ONLY VICTORY” jamoasi, 2-o‘rinni “MO‘JIZA” jamoasi va 3-o‘rinni “QORA MARVARID” jamoasi egalladi.

Klubning keyingi faoliyati haqidagi barcha ma’lumotlarni telegramdagi kanali ( https://t.me/engfaolkitobxonlarklubi ) orqali kuzatib borishingiz mumkin.