Delegatsiya tashrifi

chorshanba 24 may 2017
Belorussiya Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi delegatsiya tashrifi

2017 yil 22 may kuni Belorussiya Respublikasi Bosh prokurori boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston Respublikasida hizmat tashrifi bilan bo’ldi.  

Yurtimizga tashrif doirasida Belorussiya Respublikasi Bosh prokurori A.V. Konyuk boshchiligidagi delegatsiya Toshkent davlat yuridik universitetiga tashrif buyurdi.

Adliya vaziri o’rinbosari – rektor Y.Kanyazov va universitet xodimlari mehmonni universitet faoliyati bilan yaqindan tanishtirdilar.

Tashrifi davomida Aleksandr Vladimirovich Konyuk universitetdagi o’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Yuqori martabali mehmonlarga “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi dotsenti B.B.Xidoyatov tomonidan tashkil qilingan sud jarayoni namoyish etildi.

Shuningdek, “Jinoyat-protsessual huquqi” kafedrasi mudiri, professor U.A.Tuxtasheva tomonidan o’quv moduli doirasida dars jarayoni namoyish etib berildi.

Aleksandr Vladimirovich “Jinoyat huquqi va kriminologiya” kafedrasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi va kafedra mudiri O.M.Maxkamov bilan ta’lim berilayotgan o’quv modullari va ularni amaliyot bilan bevosita bog’liqligi to’g’risida suhbat qurdi. 

Belorussiya Respublikasi Bosh prokurori universitetning yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlash va qayta tayyorlashdagi faoliyatiga yuksak baho berib o'tdi va ko’rsatilgaan mehmondo’stlik uchun universitet rahbariyatiga o’z minnatdorchiligini bildirdi.

Aleksandr Vladimirovich Belorussiyada, O’zbekiston singari yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlashga va ularni davlatdagi qonunchilikni mustahkamlashdagi o’rniga alohida e’tibor berilayotganini ta’kidlab o’tdi.

O’z navbatida, adliya vaziri o’rinbosari – rektor Y.Kanyazov delegatsiya a’zolari va shaxsan Belorussiya Respublikasi Bosh prokuroriga tashrif, yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlashdagi qimmatli tajriba va chuqur tarkibiy fikr almashuvlari uchun o’z minnaddorchiligini bildirib o’tdi.

Y.Kanyazov mehmonlarga universitetning tashkil qilinish tarixi haqida so’zlab, esdalik sovg’alar ulashdi va universitet rahbariyati Belorussiya Respublikasi bilan istiqbolli yo’nalishlar bo’yicha keng ko’lamli hamkorlik o’rnatish tarafdori ekanligini ta’kidlab o’tdi.