Davlat boshqaruvi va ta’lim tizimida AKT

shanba 06 may 2017
Davlat boshqaruvi va ta’lim tizimida AKTni qo‘llashdagi muammolar va yechimlar

2017-yilning 4-may kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “Davlat boshqaruvi va ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashdagi muammolar va yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiya kirish so'zini TDYU Ilmiy ishlar va хalqaro aloqalar bo'yicha prorektor y.f.d. professor Z.Esanova ochib berdi. Shuningdek, konferensiyada Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi elektron hukumat va davlat xizmatlarini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshligi Atadjanov Daniyar Yusupbayevich «Davlatning rivojlanishida ochiq ma’lumotlarning ro’li va ahamiyati» mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

O’zMU Amaliy matematika va kompyuter tahlili kafedrasi mudiri Muhammadiyev Jabbor O’roqovich "Axborot xavfsizligini ta’minlashda fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish masalalari" mavzusida ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Hamda "KAMOLOT" Yoshlar Ijtimoiy harakati markaziy kengashi mutaxassisi Ashurova Gulchehra Sayfullayevna "KAMOLOT" Yoshlar Ijtimoiy harakati markaziy kengashi faoliyatida AKTning o’rni" mavzusida ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Konferensiya do’stona muhitda bo’lib o’tdi. Konferensiya xulosasi tariqasida ishtirokchilar tashkillashtirilgan tadbir uchun yana bir bor huquqiy informatika va tizimli tahlil asoslari kafedrasining o’qituvchilariga tashakkur bildirishdi.