Call-center

chorshanba 04 dekabr 2019
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Call centeri”da sayyor dars mashg‘uloti o‘tkazildi

Mehnat huquqi kafedrasi o‘qituvchisi Raximberganova Bonu tomonidan 2019-yil 2-dekabr kuni Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs Fuqarolik-huquqiy faoliyat yo‘nalishi 1-guruh (rus guruh) talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Call-centeri”da “Mehnat huquqi” modulidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.  

Mazkur amaliy mashg‘ulotda talabalar “Mehnat huquqi” moduli bo‘yicha egallagan nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlab, Call centerda fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish va ularga huquqiy maslahat berish bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.