BRAIN COUNCIL g’oliblari

chorshanba 22 fevral 2017

2017 yilning yanvar-fevral oylari davomida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining Toshkent shahar Kengashi tomonidan Harakatning Toshkent shahrida joylashgan 35 ta oliy ta'lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot Kengashlari o‘rtasida "Brain Council" intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O’yinning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta'minlash, yigit-qizlarning ma'naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish iborat.

"Brain council" intellektual o‘yinida ishtirok etgan TDYU jamoasi eng yuqori ko’rsatkich bilan guruhdan keying bosqichga o’tdi. O’yinning yarimfinal bosqichida, uzoq kurashdan o’tib, jamoa a’zolari finalga yo’llanma oldilar.

2017 yil 20 fevral kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida “Brain council” intellektual o’yinining so’nggi bosqichida g’oliblikga da’vogar 5 ta kuchli jamoa (Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent arxitektura va qurilish instituti, O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, hamda Toshkent davlat yuridik universiteti)lari qizg’in bahs olib bordi.

TDYU jamoasi a’zolari o’yindagi o’z ishtiroki bilan jamoada ishlash qobiliyati hamda tayyorgarlikning yuqori darajada ekanligini namoyish etdilar.

Intellektual o’yin so’ngiga ko’ra Toshkent davlat yuridik universitetining iqtidorli talabalaridan iborat “Adolat” jamoasi eng yuqori bal to’plab o’yinning mutlaq g’olibi bo’ldi.

O’yin finalisti va g’oliblari: Odilov Azizbek,Sodiqov Xidirali, Kurokboev Tolmas, Abduraxmonov Sanjar, Malikov Otabek, Abdujalilov Akbar, Muxtorov Davlatbek, Mustafoqulov Jasurbek, Otajonov Saydullo, Ismoilov Azamat.

TDYU jamoasi yana bir bor “Kamolot” YIH boshlang'ich tashkiloti faoliyati yuqori darajada tashkil qilingani va universitet talabalarining intellektual salohiyati zamonaviy talablarga javob berishini isbotladi.

Universitet rektori Y.Kanyazov g’oliblarni tabriklab, ularni universitet o’brosini ko’tarishdagi hissalarini ijobiy baholadi va keyingi tanlov va musobaqalarda ulkan zafarlar tiladi.