Alisher Navoiy ijodida inson manfaatlarining ulug‘lanishi

seshanba 14 fevral 2017

2017 yil 9 fevral kuni Toshkent davlat yuridik universitetida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi munosabati bilan “Alisher Navoiy  ijodida inson manfaatlarining ulug‘lanishi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad yosh avlodni tarbiyalashda buyuk siymolar o‘gitlarini keng targ‘ib qilish, inson omili, uning huquq va manfaatlarining ustuvorlik g‘oyasini talabalar ongiga singdirish, shuningdek Prezidentimiz tomonidan e'lon qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yil nomi mazmun-mohiyatini keng yoritishdan iborat.

Tadbirda shoirning siyosiy-huquqiy qarashlari, uning ijodida insof va adolat, vafo va sadoqat, burch va farz talqini, farovon turmush g‘oyalari kabi mavzulardagi ma'ruzalari bilan navoiyshunos olimalar – filologiya fanlari nomzodi Nasiba Bozorova, Husnigul Jo‘raevalar ishtirok etdilar. TDYU “Til o‘rgatish markazi” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori D.Xoshimova, shu kafedra o‘qituvchisi Z.Saidova, universitet qoshidagi Akademik litsey talabalarining chiqishlari esa tadbirga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.