80-umumiy o‘rta ta’lim maktabida davra suhbati

payshanba 17 janvar 2019
Toshkent shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta‘lim maktablari bilan hamkorlik bo‘yicha universitetning Yo‘l xaritasi tadbirlari doirasida navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

16-yanvar kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Til o‘rgatish kafedrasi o‘qituvchilari Po‘latova Umida Ramazanovna va Fattaxova Amina Rustamovna Toshkent shahri Yunusobod tumaniga qarashli 80-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Tadbirda universitet ta’lim jarayoni hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar ma‘ruzachilar tomonidan atroflicha tushuntirib berildi.

Bundan tashqari, universitet faoliyati to‘g‘risida taqdim qilingan videorolik o‘qituvchilar va yuqori sinf o‘quvchilari da (jami 110 nafar) katta qiziqish uyg‘otdi.

Ma’ruzachilar o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.