Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

payshanba 21 may 2020

Toshkent davlat yuridik universiteti va Belarus davlat universiteti o`rtasida hamkorlik to`g`risida shartnoma imzolandi. Tomonlar ushbu hamkorlik shartnomasi orqali birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, magistrantlar, aspirantlar va doktarantlar uchun ta'lim dasturlarini rivojlantirish, dissertatsiyalar yozishda ilmiy rahbarlikni yo`lga qo`yish va hammualliflikda maqolalar, kitoblar, o`quv qo`llanmalar tayyorlashdan iborat.

Ushbu shartnoma TDYUning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengayishiga xizmat qiladi.