Ural davlat yuridik universiteti bilan hamkorlik kengaymoqda

seshanba 23 iyun 2020

2020-yilning 19-iyun kuni  Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) va Ural davlat yuridik universiteti (UDYU) vakillari o‘rtasida ZOOM  platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Yuridik texnikumlar va UDYU o‘rtasida 2+2 shaklida qo‘shma ta'lim dasturini tashkil etish, TDYU o‘qituvchilarini stajirovka o‘tashi, o‘qituvchilar almashinuvi masalalarida dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, UDYU kutubxonasidagi elektron adabiyotlardan foydalanishga ruxsat olindi.

Suhbat yakunida ikkala tomon yuqorida ko‘rsatilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatlarda amalga oshirish uchun chora-tadbirlar rejasini va ikki tomondan ijrochilarni aniqlashga kelishib oldilar.