TDYUda markaz ochilmoqda

payshanba 08 avgust 2019

TDYU va Belorusiya Respublikasi Huquqiy axborotlar milliy markazi  TDYUda Belorusiya huquqiy axboroti markazini ochishga qaror qildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti va Belorusiya Huquqiy axborotlar milliy markazi tomonidan huquqiy axborot markazini TDYU negizida tashkil etishga kelishib olindi. Endilikda Markazga tashrif buyurgan O’zbekistonning ilg’or universitetining professor-o’qituvchilari, talabalar va ilmiy doiralar vakillari «ЭТАЛОН-ONLINE» saytidan foydalangan holda Belorussiya Respublikasining qonunchiligiga oid to’liq, ishonchli va eng so’nggi ma’lumotlaridan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

 

Siz quyida keltirilgan havola orqali qo’shimcha ma’lumot olishingiz mumkin:

veb-portal: pravo.by