Tanlov

payshanba 08 avgust 2019

Oliy taʼlim boʼyicha ekspertlar Milliy guruhiga (HEREs) yangi aʼzolarni qabul qilish boʼyicha tanlov. HERE Oliy taʼlim boʼyicha ekspertlar Milliy guruhiga aʼzo boʼlish uchun mutaxassislar qidirilmoqda, ular oliy taʼlim tizimiga hissa qoʼshish va davlat tashkilotlari tomonidan belgilangan strategik maqsadlarda yordam berishi koʼzda tutilgan.

Milliy guruh tomonidan amalga oshiriladigan faoliyatning umumiy tavsifi quyidagilardan iborat:

Oliy taʼlim tizimidagi modernizatsiya, islohot jarayonlari va strategiyalarini  qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan siyosatni ishlab chiqish boʼyicha tadbirlar, tegishli davlat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilish;

Mahalliy manfaatdor tomonlarga, xususan oliy taʼlim muassasalari va hodimlariga tegishli maslahatlar taqdim etish;

Tempus va Erazmus+ loyihalarining natijalari va erishilgan yutuqlari, ilgʼor tajriba va oliy taʼlimni modernizatsiya qilish bilan bogʼliq innovatsion tashabbuslarni keng targʼib qilish va ulardan foydalanish.

Ekspertlar faoliyati uchun xech qanday to’lovlar amalga oshirilmaydi, lekin Milliy guruhga aʼzo boʼlgan ekspertlar Yevropa va hamkor davlatlarda tashkil etiladigan treninglarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʼladi.

 

Siz quyida keltirilgan havola orqali qo’shimcha ma’lumot olishingiz mumkin:

HEREs 2017-yil hisoboti:

 https://eacea.ec.europa.eu/sites/eacea-site/files/here_report_2017.pdf

Аgarda ushbu tanlovda ishtirok etishni istasangiz 2019-yil 7-sentabrga qadar expert@erasmusplus.uz elektron pochta manziliga oʼz rezyumelaringizni (CV) yuborishingizni soʼraymiz.