Shoira Zulfiyaga chuqur extirom

payshanba 28 fevral 2019

O‘zbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova 1915 - yil 1- martda Toshkentning O‘qchi mahallasida degrez oilasida tug‘ilgan. U xotin-qizlar bilim yurtida o‘qib yurgan vaqtlaridayoq adabiy to‘garaklarga qatnashib, she’rlar mashq qiladi.

Zulfiyaning “Men ish qizi” nomli birinchi she’ri 1931- yil 17- iyulda “Ishchi” gazetasida bosilib chiqdi. “Hayot varaqlari” nomli ilk to‘plami o‘n yetti yoshida nashr etildi. 1935–1938 - yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. Zulfiyaning she’rlarida Vatanga muhabbat, dushmanga nafrat va g‘alabaga ishonch, yorga sadoqat ruhida yaratilgani bilan xarakterlidir.

Zulfiyaning “Mening Vatanim”, “Qo‘limda qurol - u ustimda shinel”, “Bizni kut” kabi umidbaxsh she’rlari urush davri o‘zbek she’riyatining jangovor ruhini ifodalovchi asarlar qatoridan o‘rin olgan.

Toshkent davlat yuridik universitetining Axborot–resurs markazida shoira Zulfiyaga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmadan shoiranining saylanma asarlari hamda jurnal maqolalari va bundan tashqari Zulfiyaga bag‘ishlangan taqdimot va videoroliklar ham o‘rin olgan.

Barcha kitobxonlarni Axborot–resurs markazimizga taklif qilib qolamiz.

        

MEN O‘TGAN UMRGA…

 Hayot kitobimni bexos varaqlab,
Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim.
Tabassum o‘rnida kuldim charaqlab,
Suyish kerak bo‘lsa- telbacha suydim.

Kiyganim ipakmi, chitmi yo kimhob,
Yurak boyligidan qilmabman barpo.
Meni og‘ushlagan hayot naq oftob,
Yangi qo‘shiq talab unda har saboq.

Men o‘tgan umrga achinmay qo‘ydim,
Hech kimda ko‘rmayin umrimga o‘xshash:
Suydim,
Erkaladim,
Ayrildim,
Kuydim,
Izzat nima- bildim.
Shu-da bir yashash!