Respublika ilmiy konferensiyasi

chorshanba 08 may 2019

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi tomonidan 2019-yil 15-may kuni soat 1000da 3-bino 221-xonada “O’zbekiston Respublikasida investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda yangicha yondashuvlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi.

Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi mamlakatimizda olib borilayotgan investitsiya siyosati, investitsiya muhitining jozibadorligini oshirish, investitsiya jarayonlarini jadallashtirish hamda chet el va mahalliy investorlarni jalb qilish, investitsiya faoliyatining erkinligi va taraqqiyotini taʼminlash hamda uning huquqiy asoslarini mustahkamlash, Oʼzbekiston Respublikasida investorlar huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan dolzarb masalalarni muhokama qilish va tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Mazkur konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti va boshqa tashkilotlar vakillari, shuningdek universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilar hamda magistrantlar ishtirok etadi.

Konferensiya materiallari to‘plam shaklida chop etilishi belgilangan. Maqolalar 15 mayga qadar Biznes huquqi kafedrasi tomonidan qabul qilinadi.