Professor Gerd Droissning ma’ruzalari

seshanba 26 noyabr 2019

2019-yil 3 va 5-dekabr kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida Parij xalqaro munosabatlar maktabining professori Gerd Droiss quyidagi mavzular bo‘yicha ochiq ma’ruzalar qiladi:

"Xalqaro tashkilotlarga a’zo bolish" - ushbu ma'ruzada xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lishning shart emasligi muhokama qilinadi. Shuningdek, tarkibiy kelishuv tomonlari (agar shunday kelishuv bo‘lsa) ham tashkilot a’zosi bo‘lishi majburiy emasligi to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Bundan tashqari, xalqaro tashkilot sifatida e’tirof etiladigan tuzilmalarning rasmiy a’zolik mexanizmi mavjud bo‘lmasligi ham mumkin. Ma'ruzada, shuningdek, "xalqaro huquq" tushunchasi va hukumatlararo tashkilot va xalqaro tashkilotning yangi tushunchalarini yaratish zaruriyati haqida so'z yuritiladi.

"Xalqaro moliyaviy institutlar" - bu ma’ruzada Ikkinchi Jahon urushidan keyingi to'rtta avlod xalqaro moliya institutlari haqida so‘z boradi va yangi tendensiyalar va voqealar tahlil qilinadi. U shartnoma bo'yicha tuzilgan an'anaviy xalqaro moliya institutlarini, shuningdek, ko'p tomonlama xalqaro shartnomaning tomonlarining konferensiyasi yoki yig'ilishida belgilangan mablag'larni, shuningdek milliy qonunchilikka muvofiq ro'yxatdan o'tgan yoki trast fondlari sifatida tashkil etilgan qo'shma va aralash institutlarni qamrab oladi.

Ma'ruzalar universitet tarkibiy bo’linmalari, o’qituvchi va talabalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar mehmonlari uchun ochiq hisoblanadi.

Sana: 2019-yil 3 va 5-dekabr

O'tkazilish joyi: Toshkent davlat yuridik universiteti

Vaqt: 15:00.

Ro'yxatdan o'tish: Iltimos, ma'lumotni (ism, familiya, mashg'ulotingiz, tashkilotingiz, telefon raqamingiz) elektron pochta manziliga "Ma'ruzani ro'yxatdan o'tkazish" shaklida yuboring.